Эълон ва билдирувлар

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KAFEDRALAR BO‘YICHA QUYIDAGI ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI:


17.07.2023   160

1. Pedagogika va psixologiya kafedrasi bo‘yicha –professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlavozimlariga;

2. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi bo‘yicha – professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlavozimlariga;

3. Tabiiy fanlar kafedrasi bo‘yicha –professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlavozimlariga;

4. Informatika va aniq fanlar kafedrasi bo‘yicha – professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlavozimlariga;

5. Maktabgacha ta’lim kafedrasi bo‘yicha – professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlavozimlariga;

6. Ijtimoiy fanlar kafedrasi bo‘yicha – professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlavozimlariga;

7. Fakultetlararo chet tillari kafedrasi bo‘yicha –professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlavozimlariga;

8. Tasviriy san’at va musiqa ta’limi kafedrasi bo‘yicha – professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlavozimlariga;

9. Rus-qirg‘iz tili va adabiyoti kafedrasi bo‘yicha –professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga;

10. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi bo‘yicha – kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga;

11. Jismoniy madaniyat kafedrasi bo‘yicha – professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga;

Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablar: professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish, ushbu kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin.

Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek, kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etishilari mumkin.

Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek, ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishlari mumkin.

O‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajyor lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar institut rektori nomiga ariza bilan kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, ma’lumotnoma (obyektivka), diplomlar va attestatlarning nusxalari, ilmiy ishlar va ixtirolar ro‘yxati, malaka oshirganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va boshqa hujjatlarning nusxalarini topshiradilar.

Arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.

Manzil: Andijon shahri, Do‘stlik ko‘chasi, 4 uy. Xodimlar bo‘limi

2-qavat 232 xona, Telefon: +99874224-20-07