Эълон ва билдирувлар

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI KAFEDRALARI BO`YICHA QUYIDAGI BO`SH O`RINLARGA TANLOV E’LON QILADI!


29.09.2023   291

1)“Avtomobilsozlik” kafedrasi bo`yicha-kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

2)“Axborot texnologiyalari” kafedrasi bo`yicha-kafedra mudiri, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

3) “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi bo`yicha- kafedra mudiri, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

4) “Muqobil energiya manbalarikafedrasi bo`yicha - kafedra mudiri, katta o‘qituvchi. o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

5)“Transport logistikasi” kafedrasi bo`yicha - kafedra mudiri, professor, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

6)“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulotlar sifati menejmenti” kafedrasi bo`yicha - professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

7) “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi bo`yicha - professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

8) “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” kafedrasi bo`yicha - professor, dotsent, katta o‘qituvchi. o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

9) “Iqtisodiyot” kafedrasi bo`yicha - professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

10) “Buxgalteriya xisobi va menejment” kafedrasi bo`yicha - professor, dotsent, katta o‘qituvchi. o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

11) “Gumanitar fanlar” kafedrasi bo`yicha - dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

12) “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi bo`yicha - professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

13) “Transport vositalari muxandisligi” kafedrasi bo`yicha - professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

14) “Mehnat muhofazasi” kafedrasi bo`yicha - dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

15) “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi bo`yicha - dotsent, katta o‘qituvchi lavozimlariga;

16). “Umumtexnika fanlari” kafedrasi bo`yicha - dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlariga;

Kafedra mudiri - lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo`yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo`lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.

Professor -lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish, ushbu kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin.

Dotsent lavozimini - egallash uchun tanlovda, qoidaga ko`ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo`yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo`lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.

Katta o`qituvchi-lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo`lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo`yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo`lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo`lmagan, biroq o`qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo`lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.

O`qituvchi (assistent)-o`qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo`yicha oliy ma’lumotga ega bo`lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar rektor nomiga ariza bilan kadrlarni hisobga olish bo`yicha shaxsiy varaqa, diplomlar va attestat­lar nusxalari, ilmiy ishlar va ixtirolar ro`yxati, malaka oshirganlik to`g`risidagi hujjatlar nusxalarini topshiradila.r

Arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.

Manzil: Andijon shahri Bobur shox ko`chasi, 56

Telefon: +998(74)-223-43-67

Eslatma: Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlovchi shaxslar o`tgan muddat bo`yicha kafedrada hisobot beradilar, chetdan tanlovda ishtirok etuvchilar sinov darslarini o`tkazadilar.