Abu Ali ibn Sino 980-yil 16-avgustda Buxoroning Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan.
16.08.2026 8
Otasi Abdulloh, onasi Sitorabonu bo‘lgan. Ilm-fanning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan qomusiy olim. Tib ilmining yetuk bilimdoni, mohir tabib. Jami 450 dan ortiq asar yozgan, shundan 43 tasi tibbiyotga oid. Tib ilmiga oid muhim asari – "Tib qonunlari" 5 jilddan iborat. U kichik yoshligidan o‘zining kamyob qobiliyatga ega ekanligini namoyon qila boshlagan.
Buyuk tabib davolashda psixologik faktorlardan foydalangan. U bemorga: «Biz uchtamiz – sen, men va kasallik. Qaysi tomonda bo‘lsang, o‘sha g‘alaba qiladi». 18 yoshidayoq Ibn Sino "umidsiz bemorlar bo‘lmaydi, faqat umidsiz tabiblar bo‘ladi" degan ekan. Buyuk hakim 1037-yilda Hamadonda vafot etgan.
