ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTI TOMONIDAN KAFEDRALAR KESIMIDA MAVJUD BO‘SH ISH O‘RINLARI UCHUN TANLOV E’LON QILINADI!
07.05.2026 125
1) “Metrologiya va yengil sanoat” kafedrasi bo’yicha - kafedra mudiri, lavozimiga;
2) “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi bo’yicha - kafedra mudiri, lavozimiga;
3) “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi bo’yicha - kafedra mudiri, lavozimiga;
4) “Gidrotexnika va gidroenergetika” kafedrasi bo’yicha - kafedra mudiri, lavozimiga;
5) “Axborot texnologiyalari” kafedrasi bo’yicha - kafedra mudiri, lavozimiga;
6) “Iqtisodiyot” kafedrasi bo’yicha - kafedra mudiri, lavozimiga;
7) “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi bo’yicha - kafedra mudiri, lavozimiga; Kafedra mudiri - lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo’yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo’lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar rektor nomiga ariza bilan kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqa, diplomlar va attestatlar nusxalari, ilmiy ishlar va ixtirolar ro’yxati, malaka oshirganlik to’g’risidagi hujjatlar nusxalarini topshiradilar. Arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.
Manzil: Andijon shahri Bobur shox ko’chasi, 56 Telefon: +998(74)-223-43-67 Eslatma: Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlovchi shaxslar o’tgan muddat bo’yicha kafedrada hisobot beradilar, chetdan tanlovda ishtirok etuvchilar sinov darslarini o’tkazadilar.
