Андижонда

Andijon tumanidagi Energetika shtabi faoliyatidan


04.08.2026   203

✅ Andijon tumanida Yangiyo‘l tumani tajribasi asosida tashkil etilgan Energetika shtabi faoliyati davom ettirilmoqda.


✅ “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari T.Turdiev Andijon tumanidagi “No‘xotak” MFY o‘ramida gaz hisoblash uskunalaridagi muammollarni bartaraf etish jarayonlari bilan tanishdi. Bunda hisobdonlarni aloqaga chiqarish, ularning sim karta va quvvatlagichlarini almashtirish, sinxron qilishda mahalla gazchilari bilan suhbatlashdi.

✅ Hozirda “No‘xotak” MFY o‘ramida 1 815 ta iste’molchi mavjud bo‘lib, mahalla hududida 275 ta muammoli gaz hisoblash uskunasi bor. Mahalla gazchilari esa aniq manzil asosida mazkur muammolarni bartaraf etib, hisoblagichlardagi gaz hajmlarini dasturga uzatilishida faoliyat olib bormoqdalar.

“Hududgaz Andijn” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati