Андижонда

Andijon viloyatida "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida tashkil etilayotgan ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda


23.06.2023   123

Bir guruh "Ma'rifat" targ'ibotchilari Paxtaobod tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlarning ilk manzili 37-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi bo'ldi.

Maktabda targ'ibotchilar "Milliy qadriyatlar" haftaligi bilan yaqindan tanishishdi.


Shundan so'ng maktabda "Ma'rifat soati" tashkil etildi. Unda professor Narzulla Jo'rayev, Xalq artisti Gavhar Zokirova hamda "Ma'rifat" targ'ibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov ishtirok etdi.