Eng yaxshi mahalla gazchilari e’tirof etildi
08.05.2026 6
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialining “Andijonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limida joriy yil aprel oyiga yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda shahar gaz ta’minotining mahalla gazchilari, faollar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Mazkur yig‘inda “Hududgaz Andijon” GTF direktorining tabiiy gaz masalalari bo‘iycha o‘rinbosari D.Mamatiminov, Filial boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi G.Mamatxo‘jaeva, shahar GTB boshlig‘i A.Mirzaahmatovlar so‘zga chiqib sohada amalga oshirilayotgan ishlar, debitor qarzdorlikni undirish masalasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir so‘nggida aprel oyida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan, topshiriqlar ijrosini belgilangan tartibda bajargan, debitor qarzdorliklarni o‘z hududlarida kamaytirishga erishgan Muhammadbobur Abdullaev, Oybek Hojimatov, Xurshidbek Esonov hamda Mirzohidjon Abdumutaliboevlar alohida e’tirof etildi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
