Ma'naviyat targ'ibotchilari Andijon shahridagi Islomobod mahallasida bo'ldilar

25.06.2023 299
Hozirgina Andijon harbiygornizonida "Ma'rifat" targ'ibotchilari va harbiy muddatni o'tayotgan yoshlar ishtirokida 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida ma'naviy-madaniy tadbir o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur targ‘ibot tadbiri "Mehr-muruvvat va sahovat" loyihasiga ulanib ketdi. Tadbirdan so'ng ma'naviyat targ'ibotchilar Andijon shahridagiIslomobod mahallasida bo'ldilar.
"Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari tomonidan extiyojmand oilalar holidan xabar olinib, sovg‘alar ulashildi.
Andijon viloyati Ma'naviyat va marifat markazi matbuot xizmati