Атрофга назар

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish mumkin bo‘ladi


26.08.2026   16

Markaziy bank pul o‘tkazish tartibini yanada soddalashtiryapti. Yaqin orada fuqarolar pul yuborishda oluvchining telefon raqami orqali o‘tkazmani amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Buning uchun bank hisobvarag‘i va telefon raqami oldindan bir-biriga bog‘langan bo‘lishi kerak.

Yangi tartibda jarayon quyidagicha boʻladi:
➖ Pul o‘tkazmalari Tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshiriladi;
➖ Telefon raqami bank mobil ilovasi orqali hisobvaraqqa bog‘lanadi;
➖ Bir bankda bitta raqam faqat bitta hisobvaraqqa biriktiriladi;
➖ Oʻtkazmani tasdiqlashdan oldin oluvchining F.I.O., banki va komissiya miqdori ko‘rsatiladi;
➖ Mobil ilova orqali o‘tkazmalar 24/7 rejimida, real vaqtda amalga oshiriladi.

???? Yangi tartib qaror rasmiy e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.