Эълон ва билдирувлар

“Uz-SaeMyung Ko” QK AJ aksiyadorlari diqqatiga!


21.05.2026   12

2026 yil 11 iyun kuni soat 11:00 da (O‘zbekiston Respublikasi, 170105, Andijon viloyati, Andijon shahri, Soy ko‘chasi, 5a-uy manzilida joylashgan, elektron pochta manzili info@uzsmg.uz bo‘lgan) “Uz-SaeMyung Ko” QK AJ ma’muriy binosida jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Umumiy yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestri 21.05.2026 yil va umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestri 05.06.2026 yil holatlariga tuzilgan.


Umumiy yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
3. “Uz-SaeMyung Ko” QK AJ tomonidan yirik bitim tuzish to‘g‘risida.

Aksiyador o‘zi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatga yoki uning vakili o‘zi bilan amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan ishonchnomaga va shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi zarur.


Izoh: qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqam: +99895-135-02-17