“Uz-SaeMyung Ko” QK AJ aksiyadorlarining diqqatiga e’lon!
09.06.2026 13
2026 yil 30 iyun kuni soat 11:00 da (O‘zbekiston Respublikasi, 170105, Andijon viloyati, Andijon shahri, Soy ko‘chasi, 5a-uy manzilda joylashgan, elektron pochta manzili info@uzsmg.uz bo‘lgan) “UzSaeMyung Ko” QK AJ ma’muriy binosida jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Umumiy yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestri 09.06.2026 yil va umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestri 24.06.2026 yil holatlariga tuzilgan.
Umumiy yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi
1). Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
2). Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
3). Jamiyat Kuzatuv kengashining 2025-yil yakuni boʻyicha hisobotini ma’qullash;
4). Jamiyatning 2025 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash;
5). Jamiyatning 2025 yil moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari bo‘yicha Ijro organi hisobotini tasdiqlash;
6). Jamiyatning 2025 yil moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasi xulosasini tasdiqlash;
7). 2025-yil moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiruv natijalari boʻyicha “Global-Audit” MChJ auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash;
8). Jamiyat ijro organiga 2025-yil uchun SMK (samaradorlik muhim koʻrsatkichlari) va uning bajarilishi foizining toʻgʻri hisoblanganligini tekshirish boʻyicha tuzilgan “Global-Audit” MChJ auditorlik tashkilotining hisobotini tasdiqlash.
9). Jamiyatning 2025-yil yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash;
10). 2025-yil uchun “Uz-SaeMyung Ko” QK AJda Korporativ boshqaruv kodeksi talablariga rioya qilinishi holatlarini baholash bo‘yicha “Silk Kapital” MChJ xulosasini ma’qullash;
11). Jamiyatning 2026 yilga mo‘ljallangan biznes-rejasini tasdiqlash;
12). Jamiyat Ijro organi – Boshqaruv raisi va Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari vakolat muddatlarini uzaytirishni tasdiqlash;
13). 2025 yil yakunlari boʻyicha jamiyat Kuzatuv kengashini taqdirlash to‘g‘risida;
14). Jamiyat Taftish komissiyasini saylash;
15). Jamiyatning 2026-yil uchun tashqi auditorini va uning xizmatiga toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdorini belgilash to‘g‘risida;
16). Jamiyatning yangi tahrirdagi “Ijro organi a’zolarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash;
17). Aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilish davriga qadar jamiyatning joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida kelgusida tuzilishi mumkin bo‘lgan affillangan shaxs (lar) bilan tuzilgan bitim (lar)ni ma’qullash to‘g‘risida.
Aksiyador o‘zi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatga yoki uning vakili o‘zi bilan amaldagi qonunchilikga muvofiq tasdiqlangan ishonchnomaga va shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi zarur.
Izoh: qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqam +99895-135-02- 17.
