“Yoshlar oyligi” tadbirlari davom etmoqda

23.06.2023 290
Ma'naviyat darg'alarining keyingi manzili O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Andijon viloyat kengashi bo'ldi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yoshlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tkazildi.
Unda millatimizning faxri, kelajak bunyodkorlari bo'lgan yoshlarga "Ma'rifat" targ'ibotchilari tomonidan vatanparvarlik, shukronalik hamda yurtni sevish, asrash tog'risida so'z bordi.
Yoshlar tashkil etilayotgan tadbirlardan mamnun ekanliklari ularning guldiros qarsaklarida namoyon bo'ldi.
Andijon viloyati Ma'naviyat va marifat markazi matbuot xizmati