ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI KAFEDRALARI BO‘YICHA QUYIDAGI BO‘SH O‘RINLARGA TANLOV E’LON QILADI!
11.05.2026 2045
1. Umumiy fizika kafedrasi bo‘yicha – 1 ta dotsent,
2.O‘zbekiston tarixi kafedrasi bo‘yicha –1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi;
3. Jahon tarixi kafedrasi bo‘yicha – 1 ta dotsent,
4. Psixologiya va pedagogika kafedrasi bo‘yicha –1 ta professor,
5. Algebra va analiz kafedrasi bo‘yicha –1 ta o‘qituvchi
6. Amaliy matematika kafedrasi bo‘yicha –1 ta professor ,1 ta dotsent,
7. Ijtimoiy fanlar kafedrasi bo‘yicha –1 ta dotsent,
8. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi bo‘yicha – 1 ta o‘qituvchi
9. Kompyuter injiniringi kafedrasi bo‘yicha - 1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 1 ta o‘qituvchi
10. Biologiya kafedrasi bo‘yicha –1 ta o‘qituvchi
11. Rus filologiyasi kafedrasi bo‘yicha - 1 ta o‘qituvchi;
12. Xorijiy tillar filologiyasi kafedrasi bo‘yicha- 1-ta dotsent, 1-ta katta o’qituvchi,
13. Musiqa ta’limi kafedrasi bo‘yicha- 1 ta dotsent
14. Ekologia va barqaror rivojlanish kafedrasi-1-ta dotsent, 1-ta katta o’qituvchi
15. Kimyo kafedrasi bo‘yicha – 1 ta professor
Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.
O‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajyor lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar rektor nomiga ariza bilan kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, diplomlar va attestatlar nusxalari, ilmiy ishlar va ixtirolar ro‘yxati, malaka oshirganlik to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini topshiradilar.
Arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.
Manzil: Andijon shahri Universitet ko‘chasi, 129-uy, 303-xona.
Eslatma: Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlovchi shaxslar o‘tgan muddat bo‘yicha kafedrada hisobot beradilar, chetdan tanlovda ishtirok etuvchilar sinov darslarini o‘tkazadilar.
