Атрофга назар

Dunyodagi eng qimmat “g‘isht” — Google Pixel


27.08.2026   15

Yangi Pixel 11 Pro smartfonining ilk foydalanuvchilari tarmoqlarda shikoyat qilishmoqda: ularning aytishicha, smartfonlar qisqa vaqt ishlatilgandan so‘ng, hatto batareyasi quvvatlangan holda ham, shunchaki o‘chib qolmoqda.

Android Authority nashri muharriri ham xuddi shunday muammoga duch kelgan — uning smartfoni ishga tushirilgach 1–2 daqiqadan so‘ng, sozlash bosqichidayoq o‘chib qolgan.

Xizmat ko‘rsatish markazlari esa chorasiz qolmoqda — smartfonlar hozircha ta’mirga qabul qilinmayapti, chunki ular bozorga yaqindagina chiqqan va mutaxassislar ular bilan qanday ishlashni hali bilmaydi.