Андижонда

YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI PORLOQ KELAJAK DEMAK


06.03.2022   892

O‘tgan so‘nggi besh yilda mamlakatimiz qonunchilik sohasida tub burilish yasagan yillar bo‘lganligini mamlakatimizning har bir fuqarosi, xatto eng olis qishloqlarda istiqomat qiladigan odamlar ham o‘zining hayotida his qilmoqda. Shavkat Mirziyoyev o‘zining Prezidentlik lavozimiga kelgan dastlabki vaqtlardanoq “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi”ni tasdiqlaganligi va unda keltirib o‘tilgan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha qator muhim normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilganligining o‘ziyoq fikrimizning yorqin dalilidir. Ishonch bilan shuni aytaolamizki, Respublikaning barcha bo‘g‘inlarida faoliyat yuritayotgan davlat organlari, tashkilot va muassasalarning yagona belgilangan strategiya asosida o‘zlari uchun “yo‘l xarita” larini ishlab chiqishi hamda belgilangan vazifalarni tizimlilik bilan amalga oshirishidek ijobiy tajribaning yo‘lga qo‘yilishi o‘zini oqladi. Xususan, Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh etishga va takomillashtirishga qaratilgan 300ga yaqin qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 mingdan ziyod qarori qabul qilindi. “Inson qadri–hamma narsadan ustun” shiori bilan boshlangan Yangi O‘zbekiston islohotlari jamiyatning har bir jabhasida olib borilayotgan davlat siyosatida dasturamal bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kuni qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini ko‘zdan kechirar ekanmiz, unda ilgari surilgan tashabbuslar “Harakatlar strategiyasi”ning mantiqiy davomi va “Inson qadri – oliy ne’mat” shiori bilan olib borilayotgan islohotlarning yangi bosqichi ekanligiga yana bir karra amin bo‘lamiz. Ushbu Farmonning 7 ta yo‘nalishida mavjud 100 ta maqsadning barchasi o‘zida inson manfaatlarini mukammal ifoda ettirganligi uning ahamiyatini yanada orttiradi. Mazkur Farmonning 2022-yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturida bir qator ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. Xususan, dasturga muvofiq 2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinishi; 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash ba’zaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobariga oshirilishi; ayollarga pensiya hisoblashda ularning bola niparvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrini 6 yilga oshirish; bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlaganda ishstajiga qo‘shib hisoblash kabi tartiblarni amaliyotga joriy qilinishi tom ma’nodagi ijobiy yangilik bo‘ldi deb ayta olamiz. Chunki, harqanday jamiyatning ravnaq topishi, undagi sog‘lom muhitning qaror topishi xotin-qizlar va yoshlarga berilayotgan e’tiborga bog‘liq bo‘ladi. Bu kabi juda nozik hamda bir qarashda muhim emasdek tuyiladigan masala Prezident nazaridan chetda qolgani yo‘q. Bu ham bugungi kundagi davlat siyosatining haqiqiy insonparvarlik tamoyillariga qurilganligining yaqqol isbotidir. Masalan, ushbu Taraqqiyot strategiyasida shu yilning 1-aprelidan boshlab nodavlat maktabgacha ta’limtashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi tartibi ham oilalarga farzandlarini sifatli ta’lim olishlari uchun imkoniyat yaratib berishlariga ko‘maklashadi. Ushbu Farmondagi eng katta o‘zgarishlardan biri bo‘lib, bir qator monopol bo‘lgan sohalarning xususiylashtirilishi nazarada tutilganligini keltirib o‘tishimiz mumkin: Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar, jumladan 2022-yilda 14 ta, shu jumladan, sertifikatlashtirish xizmatlari va 2023-2025 yillarda 11ta, shujumladan, neft mahsulotlarini saqlash, temir yo‘llarda tashishda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, aero vokzal va vokzal oldi komplekslarini yuritish xizmatlari, temir yo‘lda ekspeditorlik xizmatlari to‘liq xususiylashtirili shining ko‘zda tutilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti tobora xalqaro standardlar darajasiga ko‘tarilayotganligiga dalildir. Ushbu strategiyada aholiga yuridik xizmat ko‘rsatish, ularning huquqlarini qonun darajasida himoya qilish bo‘yicha ham bir qator amaliy vazifalar belgilangan. Jumladan:

  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan birqatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibining yo‘lga qo‘yilishi;
  • qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyatini, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibiga amal qilinishi qat’iy ta’minlanishi;
  • harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona onlayn elektron reestr yuritilishi yo‘lga qo‘yililishi albatta fuqarolar o‘rtasida qonun buzilishi holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizning keyingi besh yillik rivojlanishi ijobiy hodisalarga boy bo‘ladi. Prezidentimiz belgilab bergan “Taraqqiyot strategiyasi”ning 100 maqsadiga erishishda respublikadagi barcha mas’ul tashkilotlar, idoralar va rahbarlar bilan bir qatorda oddiy xalqimiz vakillari ham o‘zlarining hissasini qo‘shishda astoydil xizmat qilishsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Ushbu belgilangan maqsadlarga erishishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-sentabrdagi “Davlatorganlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-561 son va 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168 son qarorlari asosida faoliyat yuritib kelayotgan hududiy adliya boshqarmalari huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati o‘zining beqiyos ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Xususan, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining oliy yuridik ma’lumotga ega malakali mutaxassislari o‘zlariga biriktirilgan tashkilot va idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ushbu xodimlar tashkilotlarning ishyuritish va rasmiy hujjatlarni chiqarish hamda qabul qilish bilan bog‘liq faoliyatlarini huquqiy baholab, ushbu jarayonda qonun buzilishlarining oldini olish bo‘yicha samarali faoliyat olib borayotganligi bilan ahamiyatlidir. Chunki, jamiyati jtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotida qo‘yilgan maqsadlarga erishishda harqaysi sohadagi faoliyatlarning huquqiy jihatdan mukammal tashkil etilishi hamda barcha jarayonlarning adolatli tarzda qonuniy kechishini ta’minlash harqanday huquqiy-demokratik davlatning birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi.

U.Qo’chqarova

Andijon shahar yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuristkonsulti